Toshkentda qo‘lga olingan o‘zbekistonlik top-model xorijga chiqish pasportini oladi (foto)
Toshkent xalqaro aeroportida 23-yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyaщaya qo‘lga olingani xabar qilingandi. U davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlangan va jinoyat ishi ochilgan.
29 yoshli Nepomnyaщaya Toshkentga qallig‘i — taniqli kinoprodyuser Maykl Greysi bilan pasportida viza varaqlari to‘lgani sabab uni xorijiy pasportga almashtirish uchun uchib kelgandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi.
Endi Nadya Nepomnyaщaya xorijga chiqish pasportini oladi, deb xabar bermoqda «Uznews.uz».
31-yanvar kuni Nadya Nepomnyaщaya Sergeli tumanidagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xorijga chiqish pasportini olish uchun fotoga tushgan.
Nashrning yozishicha, top-model vaziyatga biror izoh berishni istamagan.
Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish pasporti hujjat topshirilganidan keyin 10 kun ichida beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter