Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda koronavirus yuqtirgan bemor vafot etdi

Samarqandda koronavirus yuqtirgan bemor vafot etdi

Toyloqlik O‘. shu yilning 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli og‘irligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” infeksiyasi ham aniqlangan.

Ushbu bemor (erkak) surunkali bo‘yrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan. Shu yilning 28 aprelidan 5 mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

SSV xabariga ko‘ra, mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Natijada O‘zbekistonda koronavirus sabab jami 11 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring