Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afsonaviy qo‘shiqchi Britaniyaning eng boy kishilari qatoriga qo‘shildi

Afsonaviy qo‘shiqchi Britaniyaning eng boy kishilari qatoriga qo‘shildi

Foto: MK

Britaniyalik qo‘shiqchi va bastakor Pol Makkartni funtli milliarderlar qatoriga qo‘shildi, deya xabar berdi The Times.

Pol Makkartni — 1,1 mlrd funt sterling ($1,27 mlrd atrofida) daromad qilgan ilk musiqa namoyandasi.

Afsonaviy The Beatles rok-guruhi asoschilaridan bo‘lmish Makkartni rafiqasi Nensi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning eng boy kishilari ro‘yxatida 165-o‘rinni egalladi. 2023-yilda uning boyligi £950 mln ekani aytilgandi.

Bir yil ichida san’atkor taxminan £50 mln ishladi. O‘tgan yili u xalqaro gastrolga (Got Back) chiqqan hamda yangi qo‘shig‘i taqdimotini o‘tkazgandi.

Shuningdek, 2023-yilning noyabrida The Beatles guruhining so‘nggi «Now and Then» relizi Jon Lennon vokali bilan taqdim etilgan va u darhol britan musiqa chartlari yetakchisiga aylagandi. Albomni yozishda Pol Makkartni ham qatnashgan. 18 iyun kuni u 82 yoshini qarshi oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring