Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi «Qo‘qon» EIZ hududi yana 210 gektarga kengaytiriladi

Farg‘onadagi «Qo‘qon» EIZ hududi yana 210 gektarga kengaytiriladi

Farg‘ona viloyatida import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi.

Bu borada joriy yil 10-iyul kuni Prezidentning PQ-250-son qarori qabul qilindi.

Shuningdek, «Qo‘qon» EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bunda:

  • «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;
  • bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

2026-yil oxirigacha «Qo‘qon» EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring