Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat tashkil qiladigan «Umra» ziyorati mavsumi qachon boshlanishi aytildi

Hukumat tashkil qiladigan «Umra» ziyorati mavsumi qachon boshlanishi aytildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan «Umra – 2024»ning navbatdagi mavsumi 2024-yil 10-sentyabr kunidan boshlanadi. O‘zbekistonliklar mamlakat hududlaridan tashkil etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar hamroh bo‘ladi.

Ziyoratchilar Madina shahrida «Grand Shahba», Makka shahrida esa «Marmara Group Hotel» mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar ulashiladi.

Shuningdek, mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi.

Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida esa zam-zam suvi hadya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring