Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek tili milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga xarajatlari qoplab beriladi

O‘zbek tili milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga xarajatlari qoplab beriladi

O‘zbek tilining mamlakatda va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish rejalashtirilmoqda.

Mazkur qaror loyihasida o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimini tasdiqlash nazarda tutilyapti.

Bunda, imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Yoshlar ishlari agentligi tomonidan imtihon topshirish xarajatlari ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan reglamentga muvofiq qoplab beriladi.

Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi yaratiladi hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish hamda ushbu axborot tizimining egasi va foydalanuvchisi etib  Yoshlar ishlari agentligi belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring