Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet ertangi ob-havo haqida ma’lumot berdi

O‘zgidromet ertangi ob-havo haqida ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ertaga, 3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

TOShKENT ShAHRI. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX, SAMARQAND VILOYaTLARI. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring