Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pastdarg‘om tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

2023-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Raxmanov Sherzod Shuxratovich nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherzod Raxmanov 1991-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring