Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Parij olimpiadasida qatnashgan sportchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident Parij olimpiadasida qatnashgan sportchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij olimpiadasida qatnashgan sportchi va murabbiylarni mukofotlashga doir Farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda olimpiya harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, xususan, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, yuqori natijalarga erishgani, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi.

 Jumladan:

  • «El-yurt hurmati» ordeni bilan – Xasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov hamda Ulug‘bek Rashitovlar;
  • «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan – Razambek Jamalov, Diyora Keldiyorova, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullojonov hamda Abdumalik Xaloqovlar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan – Gulomjon Abdullayev (erkin kurash), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika), Svetlana Osipova (taekvondo) hamda Alisher Yusupovlar (dzyudo);
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan –Ulug‘bek Azizov (dzyudo murabbiysi), Nellya Kiyamova (dzyudo murabbiysi) hamda Alisher To‘ychiyevlar (boks murabbiysi);
  •  «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan – Saken Polatov (O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari) va Sherzod Tashmatovlar (O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi);
  •  «Do‘stlik» ordeni bilan – To‘lkin Qilichev (Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi), Ziyatdinbek Toygonbayev (boks murabbiysi), Muzaffarbek Turoboyev (dzyudo) hamda Pavel Xan (taekvondo murabbiysi); 
  • II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan – Davron G‘afurov (boks murabbiysi), Farruh Qilichev (boks murabbiysi), Dilshod Mansurov (Toshkent tumani sport maktabi direktori), Farxod Mirzadjanov (og‘ir atletika bo‘yicha murabbiy) hamda Jamshid Xudayberganovlar (dzyudo murabbiysi) mukofotlandi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring