Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda tanishining boshiga bolta bilan tushirgan shaxs qamoqqa olindi

Samarqandda tanishining boshiga bolta bilan tushirgan shaxs qamoqqa olindi

Joriy yil 8-iyul kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Dexqonobod mahallasida yashovchi S.Sh. boshidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab hududiy tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Viloyat IIBning holat yuzasidan olib borgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘sha kuni soat 10:30 larda S.Sh. tanishi, Q.R. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani va natijada Q.R. boshqaruvidagi «Tico» rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan xo‘jalik boltasi bilan S.Sh.ning bosh sohasi orqa qismiga bir marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring