Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda xo‘roz urishtiradigan «arena» xo‘jayini qo‘lga olindi

Samarqandda xo‘roz urishtiradigan «arena» xo‘jayini qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Urgut shahri xo‘roz urishtirish uchun maxsus «arena» tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi.

Samarqand viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, shaharning Guliston ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida tezkor tadbir o‘tkazildi. Fuqaro maxsus arenada xo‘rozlarni pul evaziga urishtirib o‘z uyida qimorxona tashkil qilgan.

Surishtiriuvlarda bir necha fuqaro o‘zlariga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarni urishtirishga olib kelgani ma’lum bo‘lgan. Xo‘rozlar ishtirokidagi «jang»larni tomosha qilish uchun 200 nafarga yaqin tomoshabinlar yig‘ilgan.

45 yoshli tashkilotchining yonidan tomoshaga yig‘ilgan fuqarolardan yig‘ilgan jami 3 225 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan qimorxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan, Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Xo‘roz urishtirishga qatnashgan va IIO xodimlarining talablariga bo‘ysunmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va sud organlariga yuborilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring