Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sentyabr oyi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sentyabr oyi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O‘zgidromet» kuzning birinchi oyi davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, oyning birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda 12-17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 28-33 darajagacha, ba’zi joylarda 35 darajagacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida 24-27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari 13-18 darajadan 7-12 darajagacha, kunduz kunlari 28-33 darajadan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi o‘n kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring