Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryodagi bojxona postida salkam 8 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Surxondaryodagi bojxona postida salkam 8 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postining “kirish” avtopaviloniga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Avtotransport ko‘zdan kechirilishi davomida kabinaning xufiya joyiga sariq rangli skotch bilan o‘ralgan 7 ta o‘ram yashirilganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida ularning 3 tasining ichida jami 3 kg og‘irlikdagi “opiy” qolgan 4 ta o‘ramda esa jami 4 kg 950 gr og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring