Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosi uchun Rossiyadan yana 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi

Toshkent metrosi uchun Rossiyadan yana 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi

Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yo‘lovchilar oqimi 2021-yilning o‘tgan davriga nisbatan 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo‘lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yuqoridagi raqamlar asososida xulosa qilinganda 2022-yilning sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda. 

Yo‘lovchilarga yanada sifatli va qulay tarzda xizmat ko‘rsatish maqsadida poyezdlar harakatining oraliq intervali ertalabgi tig‘iz vaqtlarda (07:30 dan 09:30 ga qadar):

  • «Chilonzor» yo‘nalishida 2,5-3 daqiqa;
  • «O‘zbekiston» yo‘nalishida 3,5-4 daqiqa;
  • «Yunusobod» yo‘nalishida esa 5-6 daqiqa etib belgilanadi.

Shuningdek, platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi. 

Shu bilan birga, kelgusida intervallarni yanada kamaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining «Metrovagonmash» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy turdagi 14 ta yangi harakat tarkiblarini harid qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgustida ham ushbu rus kompaniyasidan Toshkent metropoliteni uchun maxsus ishlab chiqarilgan 20 ta yangi vagon xarid qilingan edi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring