Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika texnologiyalar universiteti uchun Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasidagi binolar ijaraga beriladi

Amerika texnologiyalar universiteti uchun Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasidagi binolar ijaraga beriladi

Bir muddat oldin Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etilishi haqida xabar qilingan edi. 

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining ta’lim jarayonini tashkil etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan «Cintana Education» kompaniyasi hamkor etib belgilangan.

Universitet tashkil qilish uchun mazkur kompaniyaga Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda 49 yil muddatga ijaraga beriladi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi.

Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi;

Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda «3+1», magistraturada «1+1» va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Universitet faoliyati ta’sischilar mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida talabalarni o‘qitishdan tushgan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSh) hamda «Cintana Education» kompaniyasi (AQSh) o‘rtasida 2023 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida ahdlashuv memorandumi imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring