Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turk aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlar uchun ruxsat berildi

Turk aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlar uchun ruxsat berildi

Turkiyaning «AJet» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat oldi.

Qayd etilishcha, ushbu aviaparvoz O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu tariqa, joriy yil 21-fevralda «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «AJet» aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi.

Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.