Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta viloyatda noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh qilindi

Uchta viloyatda noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJga qarashli, Farg‘ona shahridagi aksiyadorlik tijorat banklaridan birida garovda turgan 12 sotix yer maydonini 130 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 109 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xizmatning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Urgut tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro tumandagi g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning sug‘oriladigan yer maydonidan 50 sotixini 80 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xizmatning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari chorvachilik yo‘nalishida foydalanish maqsadida fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring