2019—2020-o‘quv yilidan kollejlarda 6 oydan 2 yilgacha ta’lim beriladi, o‘qishga esa 11 sinf bitiruvchilari ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi
2019—2020-o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga umumta’lim maktablarining 11 sinf bitiruvchilari ixtiyoriy ravishda o‘qishga qabul qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 11 sinf bitiruvchilari bu yerda mutaxassislik va kasbga ega bo‘lishadi. O‘qish davri esa tanlangan ixtisoslikdan kelib chiqib 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.
Kasb-hunar kollejlariga 2017—2018-o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatadilar.
Farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 25-yanvarda imzolandi. Uning matni O‘zAda e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter