Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uylanishini aytib 4 ayolni chuv tushirgan «kuyov bola» 6 yilga qamaldi

Uylanishini aytib 4 ayolni chuv tushirgan «kuyov bola» 6 yilga qamaldi

Toshkent shahri Bektemir tumanida uylanishni va’da qilib, 4 nafar ayolni jami 165 million so‘m chuv tushirgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4 nafar qizni 165 million so‘mdan ortiqroq mablag‘ga chuv tushirgan yigit aybiga iqror bo‘lgan. Lekin jabrlangan qizlarning barchasi yigit ularga uylanishni va’da qilganini aytgan. U ijtimoiy tarmoqqa joylagan e’lonida uylanishini, kelinning yoshi ahamiyatsiz ekanini va mahr uchun uy hamda mashina ham berishini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining hukmi bilan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «b» bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilgan shaxs 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring