Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

500 ming yutdingiz deb, 1,5 mln so‘mini yechib oldi!

500 ming yutdingiz deb, 1,5 mln so‘mini yechib oldi!

Foto: «Moneyman.ru»

5-iyun kuni B.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 8-may kuni noma’lum shaxs bilan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, Telegram profilidan «Hurmatli mijoz siz «Slick» ilovasidan faol foydalanganligingiz uchun 500.000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz» deb, pullarni plastik raqami hisobiga o‘tkazib berishini aytib, aldov yo‘li bilan plastik karta raqamini olib, plastik kartasi hisobida bo‘lgan 1.500.000 so‘m pul mablag‘larini boshqa plastik karta hisobiga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.D. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring