Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholi orasida kasallik keskin ko‘paydi. Farg‘onaga ham koronavirus qaytdi

Aholi orasida kasallik keskin ko‘paydi. Farg‘onaga ham koronavirus qaytdi

2020-yil 6-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3664 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring