Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda tamagir soxta IIB xodimi qo‘lga tushdi

Andijonda tamagir soxta IIB xodimi qo‘lga tushdi

Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro T.U shu yilning sentyabr oyida Andijon shahrida joylashgan harbiy kiyimlar tikish bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konidan 3.000.000 so‘mga ichki ishlar organlarining barcha mavsumiy kiyimlarini to‘liq holatda tiktirgan. So‘ngra u ushbu kiyimda bir necha marotaba Andijon shahriga kelgan va fuqarolarga o‘zini  ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan.

Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berishligini aytib, tamagirlik yo‘li bilan pul talab qilgan.  

IIV ShXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro T.U 2021-yilning dekabr oyida Andijon shahar, Sarvontepa MFYSujjat ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab berish evaziga 1.100.000 so‘m miqdorda, shuningdek, Q.F.ning turmush o‘rtog‘i U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib berish evaziga 900.000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring