«Anji» o‘zbekistonlik Vadim Afonin bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

Vadim Afonin
Maxachqal’aning «Anji» klubi ikki futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilganini e’lon qildi.
E’tiborlisi, ularning biri — o‘zbekistonlik Vadim Afonin. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod ushbu futbolchi bilan shartnoma aynan nima uchun bekor qilingani haqida ma’lumot yo‘q.
Shartnomasi bekor bo‘lgan yana bir futbolchi — hujumchi Konstantin Bazelyuk.
Aytish kerakki, 31 yoshli Vadim Afonin «Anji» safiga o‘tgan yili kelib qo‘shilgan edi. U bunga qadar Rossiyaning boshqa bir jamoasi — «Orenburg»da to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, 2017/18-yilgi mavsumning birinchi yarmida Afonin jamoasiga 14 o‘yinda yordam bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter