Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShga halokatli tornado yopirildi (video)

AQShga halokatli tornado yopirildi (video)

AQShning Missisipi shtatida tornado oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, tornado uylarning tomlarini uchirgan, binolarga zarar yetkazgan va minglab odamlarni elektr ta’minotisiz qoldirgan. Tabiiy ofat 24 kishining umriga zomin bo‘lgan, yana bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan, bedarak yo‘qolganlar ham bor.

«Ko‘plab mahalliy va shtat qidiruv-qutqaruv guruhlari o‘z ishini davom ettirmoqda. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun bir qator kuch va vositalar jalb qilingan», - deyiladi favqulodda vaziyatlarni boshqarish davlat agentligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari Silver-Siti va Rolling-Fork shaharlariga tornado yopirilganidan keyin boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring