Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Isroilga bomba yetkazish rejasi ma’lum qilindi

AQShning Isroilga bomba yetkazish rejasi ma’lum qilindi

Isroil Qo‘shma Shtatlardan ming dona MK-82 bombasi va boshqa qurollarni olishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar Isroilga o‘n millionlab dollarlik harbiy yordam bermoqchi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ).

Nashrga ko‘ra, paketga MK-82 bombalari, KMU-572 Joint o‘q-dorilari, FMU-139 bombalari uchun portlatgichlar (har biri 1 mingta) kiradi. Hali yetkazib berish tasdiqlanmagan bo‘lsada, bu masala AQSh ma’muriyati doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Keyin u Kongress tomonidan ma’qullanishi kerak.

Manbalarning ta’kidlashicha, Isroil Hamas bilan urush paytida ham shunday bombalardan foydalangan. MK-82 aniq zarbalar berish uchun yetarlicha aniqlikka ega bo‘lmasada, Isroil undan foydalanmoqchi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 7 oktyabrida urush boshlanganidan beri Vashington Tel-Avivga taxminan 21 mingta boshqariladigan o‘q-dorilarni jo‘natgan, Isroil armiyasi ularning deyarli yarmini ishlatgan. AQSh razvedkasi hisob-kitoblariga ko‘ra, qolgan mablag‘ G‘azodagi 19 haftalik janglar uchun yetarli bo‘ladi. Livandagi Hizbulloh bilan keng ko‘lamli qarama-qarshilik yuzaga kelgan taqdirda bu muddat qisqaradi, deya ta’kidladi gazeta manbasi.

Shu haftada Isroil G‘azo sektoridagi jangovar zonani mintaqa janubida, Misr bilan chegarada joylashgan Rafah shahrigacha kengaytirdi. Isroil havo hujumlarini amalga oshirdi, ammo Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va’da qilganidek, hali to‘liq miqyosli quruqlikdagi operatsiya ham bo‘ladi.

So‘nggi paytlarda AQSh va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarda urush borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Bayden va yuqori martabali amerikalik amaldorlarning Netanyaxudan borgan sari hafsalasi pir bo‘lmoqda, chunki u AQSh ma’muriyatining G‘azo sektoridagi janglar bilan bog‘liq tavsiyalariga amal qilishdan bosh tortmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring