Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent city» rahbari Toshkent shahriga hokim bo‘lishi kutilmoqda

«Tashkent city» rahbari Toshkent shahriga hokim bo‘lishi kutilmoqda

Foto: «President.uz»

Ko‘p yillardan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Biroz keyinroq Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Husniddin Ergashev tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, Rahmonbek Usmonov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabar noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan edi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi lavozimiga «Tashkent city» DUK direktori Ortiqxo‘jayev Jahongir Obidovich tayinlanishi kutilmoqda. Hozircha bu haqda rasmiy xabar chiqqani yo‘q.

J.Ortiqxo‘jayev «Akfa Holding» kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, uning tarkibiga «Akfa», «Imzo», «Artel» kabi brendlar kiradi.

J.Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring