Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asrab olingan qizining nomusiga tekkan erkakka hukm o‘qildi

Asrab olingan qizining nomusiga tekkan erkakka hukm o‘qildi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryoda asrab olgan qizining nomusiga tekkani aytilgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda. 

6 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchi K. T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining raisi A. Tashev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra K. T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi «a» bandi va eski tahrirdagi (2023 yil 11 aprelga qadar amalda bo‘lgan) 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atiga shikoyat berishi yoki protest keltirishi mumkinligi ma’lum qilinadi, deyiladi xabarda.

Izoh: Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari talablariga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik hamda o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring