Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona»ga yirik hisobda yengilgan «Real» ukrainalik darvozabon bilan xayrlashmoqchi

«Barselona»ga yirik hisobda yengilgan «Real» ukrainalik darvozabon bilan xayrlashmoqchi

Foto: Global Look Press/Keystone Press Agency

«Real Madrid» Ispaniya chempionatida «Barselona»ga yirik hisobda yengilganidan so‘ng ukrainalik darvozabon Andrey Luninning xizmatidan voz kechmoqchi, deb xabar berdi Realmadridexclusivo.

Klub Lyuk Shevale nomzodini ko‘rib chiqyapti, Fransiyaning «Lill» jamoasi posboni Tibo Kurtuadan so‘ng «Real»ning asosiy darvozaboniga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Real» o‘z uyida kechgan el-klasikoda «Barselona»ga 0:4 hisobida yengilgandi.

Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida «Barselona» 30 ochko bilan yakkapeshqadamlik qilmoqda. «Real» — ikkinchi (24), «Vilyarreal» — uchinchi (21) o‘rinda.

Lunin 2018-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamoa bilan ikki marta Ispaniya chempioni, ikki marta Chempioanlar ligasini yutgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring