Bir yilda hokimlarning nechta qarori bekor qilingan?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoshidagi huquqiy jurnalistika kengashi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda «Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini ta’minlashda OAVning o‘rni va roli» mavzuidagi tadbir o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarda ko‘rilgan ishlar xususida axborot berilar ekan, fuqarolarning mansabdor shaxslar xatti-harakati ustidan mazkur sudga kiritgan arizalar natijasida bir yilda hokimlarning 685 ta (olti yuz sakson beshta!) qarori haqiqiy emas, deb topilgani alohida qayd etildi.
Bu raqam mavjud hokimliklar soniga taqsimlanganda har bir hokim «hissasi»ga ikkitadan ko‘proq noqonuniy qaror to‘g‘ri kelayotganini anglatadi. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi alohi qayd etdiki, ayni raqamlar hokimlarning huquqiy savodi, hokimliklarda faoliyat ko‘rsatayotgan huqushunoslarning malakasini oshirish masalasini ko‘ndalang qo‘yadi.
Darhaqiqat, raqamlar kichkina emas. Va u faqat ma’muriy sudlarda bekor qilingan hokimlar qarorlarining yig‘indisi. Prokuror protestlari asosida, shuningdek, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ham hokimlar qarori bekor qilinishi ehtimoli juda yuqoriligi e’tiborga olinsa, qayd etilgan raqam yanayam kattalashadi.
Demak, Oliy sud raisining kuyinishi bejiz emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter