Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokulik soxta general qo‘lga tushdi

Bokulik soxta general qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Boku shahrida o‘zini general deb tanishtirib, odamlarning pulini yeb ketgan firibgar ushlandi. Ozarbayjon IIV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, qo‘lga tushgan shaxs bokulik, ilgari sudlangan Elvin Bobozoda bo‘lib chiqdi.

Bobozoda o‘zini yuqori lavozimli amaldor (general-mayor) deb tanishtirib, shu yilning aprel-may oylarida ayrim shaxslarga turli va’dalar berib, firibgarlik yo‘li bilan ularning jami hisoblaganda 61,7 ming manat (36 ming AQSh dollari atrofida) pulini o‘zlashtirib olgan.

Soxta general qo‘lga olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring