Bosh prokuratura: «Marg‘ilondagi mehribonlik uyida yuz bergani aytilgan ayrim faktlar yolg‘on»
Bugun, 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida jurnalistlar uchun davra suhbati tashkil etildi. Unda Bosh prokuratura va uning hududiy organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Mavzuga doir: «Marg‘ilondagi mehribonlik uyi: xo‘rlangan bolalar, xo‘rlangan qizlar...»
Davra suhbatida «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi va Marg‘ilondagi 1-mehribonlik uyida yuz bergan voqealar bo‘yicha sud ishlari qanday kechayotgani bilan qiziqdi.
Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi direktori Bobur Alixonovning ma’lum qilishicha, bu borada alohida jurnalistik surishtiruv o‘tkazilgan.
«Biz asl vaziyatni o‘rganish uchun aynan o‘sha mehribonlik uyida voyaga yetgan xodimimizni yubordik. U mutlaqo xolis jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.
Mavzuga doir: «Marg‘ilondagi mudhish jinoyatlar yuzasidan 10 kishi sud qilinmoqda»
Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, mehribonlik uyida yuz bergan voqealar ommaviy axborot vositalarida bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Ayniqsa, inson sha’ni, voyaga yetmagan bolalar bilan ro‘y bergan xunrezliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Mavzuga doir: «Marg‘ilondagi mehribonlik uyida sodir etilgan dahshatli jinoyat yuzasidan yigirmaga yaqin jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi»
Albatta, mehribonlik uyida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar juda ko‘p. Buning uchun rahbarlari javob beradi. Ammo ayrim internet nashrlarida aytilgan voqealar aslida noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi va biz bundan juda xursandmiz.
Yaqin kunlar ichida mehribonlik uyidan tayyorlangan videofilmni e’tiboringizga havola etamiz», — dedi Alixonov.
Mavzuga doir: «Avloddan-avlodga o‘tgan jinoyat. Mehribonlik uyidagi dahshatlarning yangi tafsilotlari»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter