Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi bilan bog‘liq texnogen hodisa ro‘y berdi

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi bilan bog‘liq texnogen hodisa ro‘y berdi

Kecha, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani «Ko‘lqamish»  mahallasi hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.

Hududda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezkor shtab faoliyati tashkil etilib, kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolarning tan-jarohati olishi va o‘lim holatlari qayd etilmagan.

Hududga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar mas’ullari yetib borishgan bo‘lib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Ayni vaqtda favqulodda holat sodir bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasini o‘rganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimligi hamda FVV fuqarolardan ortiqcha sarosimiga berilmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi materiallarni tarqatmasliklarini so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring