Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin to‘p»ni kim oladi?

«Oltin to‘p»ni kim oladi?

Illyustrativ foto

Bugun, 29 oktyabrga o‘tar kechasi 2023/2024-yillar mavsumi yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisiga France Football tomonidan «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tantanali marosim Parijdagi «Shatle» teatrida bizning vaqt bilan soat 00:15 da boshlanadi.

Birinchi marta «Oltin to‘p» UEFA bilan birgalikda topshiriladi. 2010-yildan 2015-yilgacha mukofot France Football va FIFA hamkorligida taqdim etib kelingan.

2003-yildan beri birinchi marta mukofotga da’vogarlar ro‘yxatida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yo‘q.

2024-yilda «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatiga 30 futbolchi kiritildi:

  • Argentina — Emiliano Martines, Lautaro Martines;
  • Angliya — Koul Palmer, Harri Keyn, Bukayo Saka, Deklan Rays, Fil Foden, Jud Bellingem;
  • Braziliya — Vinisius;
  • Germaniya — Mats Hummels, Florian Virs, Antonio Ryudiger, Toni Kroos;
  • Ispaniya — Niko Uilyams, Dani Olmo, Lamin Yamal, Alexandro Grimaldo, Rodri, Daniel Karvaxal;
  • Nigeriya — Ademola Lukman;
  • Norvegiya — Martin Edegor, Erling Holan;
  • Portugaliya — Vitinya, Ruben Diash;
  • Turkiya — Hoqon Chalxanog‘lu;
  • Ukraina — Artyom Dovbik;
  • Urugvay — Federiko Valverde;
  • Fransiya — Vilyam Saliba, Kilian Mbappe;
  • Shveysariya — Granit Jaka.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring