Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Butun O‘zbekiston aholisini mashinaga o‘tqizganda...» (infografika)

«Butun O‘zbekiston aholisini mashinaga o‘tqizganda...» (infografika)

Foto: «Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 2 955 295 tani tashkil etmoqda.

Statqo‘mning yana bir ma’lumotida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021-yilning 1-yanvarida 34,5 mln. nafarga yetgani keltirilgan.

Shaxsiy avtoulovlar eng ko‘p Toshkent shahri (479 544 ta), Samarqand (344 470 ta), Farg‘ona (302 771 ta) va Toshkent (273 943 ta) viloyatlarida — mamlakatimizdagi shaxsiy transport vositalarining qariyb yarmi (47,3 foizi) shu to‘rt hududga to‘g‘ri keladi.

Biroq, boshqacha hisob-kitob qilinsa, deylik, mashinalar soni hududlar aholisiga «taqsimlanganda» o‘zgacha ko‘rinish hosil bo‘ladi:

Masalan, poytaxtliklarning shaxsiy mashinalari soni samarqandliklarinikidan 1,39 baravar ko‘p, aholisiga «taqsimlanganda» esa farq ikki karra: har 5,5 nafar toshkentlikka 1 ta mashina, har 11,4 nafar samarqandlikka 1 ta mashina to‘g‘ri keladi.

Kishi boshiga mashina minishda Xorazm va Buxoro viloyatlari «top-3»da.

O‘zbekiston avtomobilsozligining yuragi — Andijonda har 15,2 kishiga bitta shaxsiy avtoulov to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda 15,7, Surxondaryoda 16,7, Jizzaxda 17,6 ga teng.

Shartli ravishda butun O‘zbekiston aholisini bir paytning o‘zida shaxsiy avtoulovlarga chiqarishga to‘g‘ri kelsa, faqat Toshkent shahrida buni deyarli amallash... mumkin bo‘lardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring