Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 1994-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1998-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2004-yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Botirjon Shaxriyorov Botirjon Shaxriyorov Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish boshqarmasi boshlig‘i (2009−2011), Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (2011−2014), «Toshkent» Respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2014−2015), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i (2015−2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2017 yil 18 avgustdan buyon viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring