Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yo‘lkira ustidan kelib chiqqan janjal noxush yakun topdi

Buxoroda yo‘lkira ustidan kelib chiqqan janjal noxush yakun topdi

Foto: Xabar.uz

Buxoro shahrida taksi haydovchisini o‘z yashash xonadoni yonigacha olib borgan mijoz, uni pichoqladi. «Xabar.uz» ga manbaasiga ko‘ra, taksi haydovchisi va mijoz o‘rtasida yo‘lkira ustida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 9 iyul kuni Buxoro shahrida yashovchi fuqaro R.N. yo‘ldan o‘z yashash xonadoniga borish uchun taksi to‘xtatgan. Asli Shofirkon tumanilik taksi haydovchisi N.A. mijozga avtomashinasini to‘xtatgan va kira haqini o‘zaro kelishishgan. Shundan so‘ng taksi haydovchisi mijozni uning yashash manziligacha olib borgan. Biroq, mijoz yonida kelishilgan miqdordagi puli yo‘qligini ro‘kach qilgan va taksi haydovchisi bilan o‘zaro kelishmovchilikka borgan. Mijoz taksi haydovchisiga pul kerak bo‘lsa, unga uyigacha chiqishini bildirgan. N.A. mijozni uning xonadoni eshigi oldida kutishga majbur bo‘lgan. Hayal o‘tmay, mijoz uyidan qo‘lida pichoq bilan chiqqan va kutilmaganda, taksi haydovchisining yelka qismiga pichoq sanchgan. Haydovchi voqea joyida hushini yo‘qotgan. Ko‘p vaqt o‘tmay, holatga qo‘ni-qo‘shnilar voqif bo‘lishgan va zudlik bilan «Tez yordam» chaqirishgan. Taksi haydovchisi og‘ir ahvolda Buxoro shahar markaziy kasalxonasiga keltirilgan. Tibbiy xodimlar tomonidan jabrlanuvchiga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilib kelinmoqda, hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

Ma’lum bo‘lishicha, R.N. bir necha marotaba sudlangan va xavfli retsedivist sifatida ro‘yxatda turgan bo‘lgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Jalolovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergov harakatlari to‘la va xolisona olib borilib, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi»,-dedi Shuhrat Jalolov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring