Davlat xizmatlari markazlarining filiallari ochilmoqda
Davlat xizmatlari agentligi aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda o‘z shoxobchalarini ochmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Endi olis hududlar aholisi ortiqcha vaqt va pul sarflab tuman markaziga qatnab yurmaydi va yonginasida ochilgan shoxobchaga kirib ishini bitkazib chiqadi.
Misol uchun, ikki kun avval Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Machay qishlog‘i hududida shunday shoxobcha ochildi. O‘sha kunning o‘zida FHDYo sohasiga oid 3 ta xizmat ko‘rsatilib, 7 nafar tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter