Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Foto:«Xabar.uz»

Denovdagi savdo majmuasida yuzaga kelgan portlash hodisasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. 

Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida portlash yuz berib, kamida 9 kishi tan jarohati olgani, 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring