Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng qimmat futbolchisida kovid aniqlandi

Dunyoning eng qimmat futbolchisida kovid aniqlandi

Foto: «Yandex.ru»

PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, 21 yoshli sportchining 7-sentyabr kuni ertalab COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Kunduzi test natijalarini bilmay turib milliy termadagi jamoadoshlari bilan birga mashg‘ulot o‘tagan.

Forvard terma jamoa qarorgohini tark etdi. U Millatlar ligasi musobaqasining xorvatlarga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinida ishtirok etmaydi.

Ta’kidlash kerakki, Mbappe COVID-19ni yuqtirgan PSJning yettinchi o‘yinchisiga aylandi. Bungacha braziliyalik hujumchi Neymar va argentinalik Anxel Di Mariyada ham koronavirus aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, «Transfermarkt.de» portali versiyasiga ko‘ra, Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Fransuzning transfer qiymati 180 million yevroga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring