Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron AQShdan 50 milliard dollar xun puli talab qilmoqda

Eron AQShdan 50 milliard dollar xun puli talab qilmoqda

Eron sudi general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga aloqador deb ko‘rilgan AQSh hukumati hamda boshqa shaxslar va tashkilotlardan 49,77 milliard dollar miqdorida xun puli undirish haqida hukm chiqardi. 

IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra mahkama AQSh hukumati va 41 nafar jismoniy va yuridik shaxslarni general Sulaymoniyning o‘limida aybdor deb topgan.  

Xun puli to‘lashi lozim bo‘lgan shaxslar orasida AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp, sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo va sobiq mudofaa vaziri Mark Esper bor.

Eron Islom Respublikasidagi nufuzli generallardan biri, jangovar “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni Bag‘dodda AQSh harbiy havo kuchlari aviahujumi payti o‘ldirilgan. U bilan birga eronlik bir necha qudratli harbiylar, jumladan, Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bo‘lgan.

Xorijiy mamlkatlar, xususan, Suriya hamda Iroqda harbiy operatsiyalarga boshchilik qilib kelgan Sulaymoniyning o‘limi Eronda milliy motam o‘laroq qabul qilingan.

O‘shanda AQSh prezidenti Donald Tramp general Sulaymoniy ehtimoliy urushni oldini olish uchun o‘ldirilganini aytgan.

Eron rasmiylari Sulaymoniyning o‘ldirilishini terakt deb atagan va buning uchun AQShdan qasos olishga va’da bergan.

Vashington va Tehron o‘rtasidagi murakkab diplomatik munosabatlar generalning o‘limi ortidan yanada taranglashgan, ikki mamlakat hatto  urush holatiga kelib qolgan.

Eron huquq idoralari keyinroq AQSh prezidenti Trampni hibsga olishga order bergan.

Mamlakat oliy sudi Qosim Sulaymoniy haqidagi maxfiy ma’lumotlarni AQSh josuslik xizmatiga yetkazgan Mahmud Musaviy Majidni o‘limga hukm qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring