Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda Muhsin Faxrizodaning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi

Eronda Muhsin Faxrizodaning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi

Foto: «Belnaviny»

Eronda taniqli olim Muhsin Faxrizodaning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi. Olim yadroviy dastur bilan shug‘ullanib kelayotgandi.

Minglab odamlar Faxrizodaning o‘limi uchun o‘ch olishni talab qilishmoqda. BMT Eron Islom Respublikasini ushbu vaziyatda bosiqlikka chorlamoqda, deb xabar berdi «Rossiya 24» telekanali.

Eslatib o‘tamiz, fizik olimning mashinasini avvaliga portlatishga urinishgan, keyin esa unga qarata o‘q uzilgan. Olgan jarohatlari oqibatida Faxrizoda hayotdan ko‘z yumgan.

Eron bosh qo‘mondoni ushbu hujumda AQSh va Isroilni aybladi. Amerikaning «Axios» portali nazarida esa yadrochi olimning o‘ldirilishi Eron hukumati bilan muloqotlarni tiklashni istayotgan Bayden uchun Trampning «xayrlashuv sovg‘asi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring