Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda 35 nafar ziyoratchi YTH qurboni bo‘ldi

Eronda 35 nafar ziyoratchi YTH qurboni bo‘ldi

Pokistondan Iroqqa ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus Eronda halokatga uchradi.

Oqibatda kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Accosiated Press Eron favqulodda xizmatlar vakiliga asoslanib. 

«Hodisa chorshanbaga o‘tar kechasi Eronning markaziy qismidagi Yazd viloyatida sodir bo‘ldi», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, hodisaning ehtimoliy sababi tormozning ishlamay qolishi va haydovchining e’tiborsizligi bo‘lishi mumkin. Ziyoratchilar milodiy 680 yilda Karbalo jangida halok bo‘lgan Imom Husayn va uning 72 hamrohi xotirasiga bag‘ishlangan Arbain marosimida qatnashish uchun Iroqqa ketayotgan edi.

Arbain 25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring