Eronda zilzila sodir bo‘ldi, odamlar vayronalar ostida qolmoqda
Eronning Xuroson viloyatida 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Tehron universiteti Geofizika instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni damda ikki kishining halok bo‘lgani va kamida 50 kishi jarohatlangani ma’lum.
Nashrning yozishicha, viloyatning bir qancha aholi punktlarida odamlar hamon vayronalar ostida qolmoqda, favqulodda vaziyatlar guruhlari ularni qutqarish ishlarini olib bormoqda.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan bir bolakayni chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter