Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentda bir qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Ertaga Toshkentda bir qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

II Xalqaro Toshkent marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan 2020-yilning 6-dekabr kuni soat 10:00 dan 14:15 ga qadar poytaxt markazidagi bir qator ko‘chalar avtomobillar harakatlanishi uchun yopilishi xabar qilingandi. Shu munosabat bilan avtobus yo‘nalishlarida ham o‘zgarishlar bo‘ladi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 6-dekabr 2, 12, 13, 14, 16, 17, 18, 22, 26, 29, 35, 37, 38, 46, 51, 55, 57, 58, 67, 68, 78, 80, 81, 93, 97, 98, 100, 101, 109, 123, 127,  140, 141, 150, 151, 190-avtobus yo‘nalishlari soat 10:00 dan 15:00 gacha quyidagi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

«Shu sababli, mazkur yo‘nalishli avtobuslardan harakatlanuvchi yo‘lovchilar o‘z yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring