Farg‘ona bozoridagi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Farg‘ona shahar savdo majmuasi»da (xalq tilida kiyim bozorida) sodir bo‘lgan voqea Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Kelishmovchilikka asosiy sabab bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday bo‘lsada ko‘plab tadbirkorlar bozor ichki yo‘laklarigacha tovarlarini chiqarib sotish holatlari aniqlangan. Bozor ma’muriyati favqulodda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar oldini olib tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan hech kim hech qanday tan jarohati olmagan.
Mazkur vaziyatning har bir holati bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy ishlar olib borilmoqda.
Ayni damda Milliy gvardiya xodimlari bozor hududida belgilangan tartibga ko‘ra xizmat faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga savdogarlarga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. Yong‘in xavfsizligi xodimlari maxsus texnik avtotransport mashinalari yo‘laklari ochildi.
Fuqarolardan vahima va sarosimaga berilmasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter