Farg‘onada mansabdorlar soxta ma’lumot asosida 13 mlrd so‘m subsidiya ajratgani oshkor bo‘ldi
SI yordamida ishlangan rasm
Farg‘ona viloyatida soxta ma’lumotlar bilan 12,9 mlrd so‘mlik subsidiya ajratilganligi holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda Farg‘ona viloyati «Issiqlik ta’minoti» MChJ mansabdor shaxslari 2024–2025-yillar hamda 2026-yilning yanvar–may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga go‘yoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar kiritgan. So‘ngra budjetdan 12,9 mlrd so‘m ortiqcha subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter