Farzand dog‘i. Emiliano Salaning otasi vafot etdi

La-Mansh osmonida aviahalokatga uchragan futbolchi Emiliano Salaning otasi yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda «La Nación» xabar berdi.
58 yoshli Orasio Sala Argentinadagi o‘z uyida olamdan o‘tdi. Ota 28 yoshli o‘g‘lining fojiali halokatini ko‘tara olmadi.
«Nant»dan «Kardiff Siti»ga o‘tgan Emiliano Sala ketayotgan samolyot 2019-yilning 21-yanvar kuni radarlardan yo‘qolib qolgandi. Uzoq qidiruvlardan so‘ng uning jasadi 3 fevral kuni topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter