Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Endi hajga qandaydir tijoratchilar emas, toza odamlar yuboriladi»

Shavkat Mirziyoyev: «Endi hajga qandaydir tijoratchilar emas, toza odamlar yuboriladi»

Foto: «Religions.uz»

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashdi. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, fuqarolarni muqaddas Haj ziyoratiga yuborish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Endi hajga qandaydir tijoratchilar emas, qalbi toza odamlar yuboriladi. Adashgan yurtdoshlarimizni kafillikka oladiganlar hajga boradi. Bundaylar kam bo‘lsa, haj kvotasi ham kamayadi», deb aytgan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018-yili bahor mavsumida 8500 nafar, ramazon mavsumida 1500 nafar yurtdoshlarimiz umra ziyoratini ado etishi belgilangani, «Umra — 2018» bahor mavsumi 2018-yil 1-fevraldan boshlanishini rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring