Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda noyob ikki boshli buzoq dunyoga keldi

Hindistonda noyob ikki boshli buzoq dunyoga keldi

Hindiston qishlog‘ida antiqa ikki boshli buzoq tug‘ildi.

Bu haqda Daily Mail yozmoqda. Mahalliy aholi buni yaxshi belgi deya qabul qilgan.

Ikki boshli buzoq Uttar-Pradesh shtatidagi Jalolpur qishlog‘ida tug‘ilgan. Ma’lum qilinishicha, anomal holatga qaramay, jonivor sog‘lom, ishtahasi yaxshi bo‘lib, fermerni xursand qilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bir xil deformatsiyaga ega bo‘lgan hayvonlarning ko‘pchiligi bir necha kun, kamdan-kam hollarda - bir necha oy yashaydi.

Ikki boshli hayvonni ko‘rish uchun yaqin atrofdagi tumanlar va qishloqlardan ham fermaga kelishadi. Veterinarlarning qo‘shimcha qilishicha, hodisa sababi sigir embrionining rivojlanishi jarayonida hujayralarning noto‘g‘ri bo‘linishidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring