Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hiylami yo...? Lukashenkoning buyrug‘i bilan muxolif bloger samolyot bortida qo‘lga olindi

Hiylami yo...? Lukashenkoning buyrug‘i bilan muxolif bloger samolyot bortida qo‘lga olindi

Belarus Aleksandr Lukashenko shaxsan Minskda Ryanair samolyotini qo‘ndirishni buyurdi. Ushbu samolyotda muxolif bloger Roman Protasevich bo‘lgan. 

Dastlab samolyotda dastlab portlovchi uskuna o‘rnatilgani haqida xabar sabab qo‘ndirilgani aytilgan. 

Ta’kidlanishicha, samolyot Litva bilan chegaradan deyarli o‘tib ketgan, uchuvchilar qo‘nishga ruxsat so‘rab Minskka murojaat qilishgan.

«Vaziyat darhol prezidentga xabar qilindi. Lukashenko samolyotni burish va uni qabul qilish to‘g‘risida buyruq berdi.

Bunday vaziyatda eng muhimi odamlarning xavfsizligi va hayotidir», - deyiladi «Pul pervogo» Telegram kanalida.

Ammo samolyot qo‘ngach, maqsad boshqa ekani ma’lum bo‘lgan. Samolyot bortidagi NYeXTA Telegram kanali asoschisi Roman Protasevich hibsga olindi. 

Bungacha Belarus Tergov qo‘mitasi NYeXTA Telegram kanali yaratuvchilari Roman Protasevich va Stepan Putiloni ekstraditsiya qilish uchun Polshaga hujjatlar yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Belarusda Protasevich va Putilo ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda, shuningdek, faoliyati asosida qasddan ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan ishlarda ayblanmoqda. Ular davlatlararo qidiruvga berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring